Shanxayda ishlab chiqarilgan 30 ta robot-dezinfektor Uxan shifoxonalarida ishga tushdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi, deya yozmoqda O`zA.
Ma`lum bo`lishicha, robot-dezinfektorlar infeksiyaga qarshi kurashda tibbiyotchilarga yordam bermoqda.
Shanxaydagi “TmiRob” kompaniyasida ishlab chiqarilgan robotlar turlicha zararsizlantirish ishlarini bajaradi va ular muhitga nisbatan maxsus sezuvchanlikni o`zida mujassam qilgan texnologiya bilan jihozlangan.






