1

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi axboroti

Salomatlik 09.02.2020, 10:35
Teglar: koronavirus, O`zbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi axboroti

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 8 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, yangi koronavirus infeksiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasida jami 34598 nafar, dunyo bo`yicha 34878 nafardan ortiq fuqarolar kasallanib, kunlik o`sish 10,8 foizni (3399 nafar) tashkil etmoqda, 723 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etdi.

Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyodagi 24ta davlatda  280 nafar fuqarolarda ro`yxatga olindi.

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 8 fevral kuni xorijiy davlatlardan 29 ta samolyot qabul qilinib, 4268 nafar fuqarolar, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6ta sanitariya-karantin punktidan 4ta poezdda jami 535 nafar fuqarolar, Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 34145 nafar fuqarolar termometriyadan o`tkazildi.

B haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

Avval xabar qilganimizdek, Xitoydan uchta charter reys orqali yurtimizga olib kelingan fuqarolarimiz Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra 14 kun muddat (kasallikning yashirin davri)  davomida tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirilgan.

Tibbiy kuzatuvdagi fuqarolarimizning termometriyadan o`tkazish, niqoblarni o`z vaqtida almashtirish va xonalarni shamollatish hamda namli tozalash ishlarini o`tkazilishi malakali epidemiologlar tomonidan nazoratga olingan. Shuningdek, dezinfektor mutaxassislar tomonidan kuniga ikki mahal yotoqxonalar, vannaxonalar va oshxona zararsizlantirilmoqda. Oshxonada ishlatilgan idish-tovoqlarni zararsizlantirish ishlariga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

Yuqumli kasalliklar shifokorlari tomonidan ikki mahal tibbiy ko`rik o`tkazilmoqda. Fuqarolar orasida tana harorati me`yordan ko`tarilgan va koronavirus infeksiyasi belgilari mavjud fuqarolar aniqlanmadi.

Joriy yilning 8 fevral kuni Sog`liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi va unda yangi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar bo`yicha tegishli idoralarga ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 8 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Eslatib o`tamiz, yangi koronavirus infeksiyasi bo`yicha rasmiy ma`lumotlarni olish hamda o`zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Mamalakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Koronavirus yuqtirgan bemorlar soni yana oshdi

06.04.2020, 19:16

COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo`yicha  2020 yil 6 aprel soat 19:00 holatiga ko`ra, yurtimizdagi vaziyat ma`lum qilindi. Shu soatgacha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 397...
29 mart soat 20:30: koronavirus bo`yicha dunyodagi va O`zbekistondagi vaziyat

29.03.2020, 21:00

COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo`yicha  2020 yil 29 mart soat 20.30 holatiga  MA`LUMOTSanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan olingan ma`lumotlarga ko`ra 29 mart soat 20:30 holatiga dunyoning 199...
Toshkent shahri aholisi korоnavirusga qarshi kurashda fidoyilik ko`rsatayotgan tibbiyot xodimlarini olqishlashdi (video)

28.03.2020, 16:12

Bugungi kunda butun dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ayniqsa tibbiyot tizimi xodimlarining fidoyiligi ulkan e`tirofga loyiq. Barcha mamlakatlardagi shifokorlar qatori mamlakatimiz vrachlari ham...
Koronavirus bo`yicha O`zbekiston va qo`shni mamlakatlardagi vaziyat

23.03.2020, 23:24

Bugun, 23 mart kuni O`zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni uchtaga ko`payib, jami 46 nafarga etdi.Qo`shni mamlakatlarda koronavirus bo`yicha vaziyat quyidagicha: Qozog`istonda 62, Qirg`izistonda 16, Afg`onistonda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1