AsosiyDunyo

Jeki Chan koronavirusga qarshi dori kashf etgan kishiga 143 ming dollar va`da qildi

'Jeki Chan koronavirusga qarshi dori kashf etgan kishiga 143 ming dollar va`da qildi'ning rasmi

Mashhur aktyor, kaskadyor Jeki Chan kimki koronavirusga qarshi dori o`ylab topsa, unga million yuan (143 ming dollar atrofida) berishini ma`lum qildi. Bu haqda “Biznes Online” xabariga tayanib Qalampir bermoqda.

Aktyor bu haqda Weibo ijtimoiy tarmog`idagi o`z sahifasida ma`lum qilgan. 

“Bu narsa qo`limdan kelar ekan epidemiyaga qarshi kurashishda yordam beraveraman. Mamlakatda xaos bo`lishini istamayman. Men hamma narsaga tayyorman. Epidemiyani engib o`tish, ilm-fanni qo`llab-quvvatlash bilan bog`liq. O`ylashimcha, xuddi men singari, barcha shunday fikrda. Bemor vatandoshlar hayotini saqlab qolish uchun imkon qadar tezroq maxsus dori-darmonlarni ishlab chiqamiz, degan umiddaman”, deydi Chan.  

U hozirda niqob va himoya kiyimlarini ommaga tarqatish bilan bandligini tan oldi. Shu bilan birga Chan ushbu materiallarni Xitoyga etkazib beruvchi yangi hamkorlarni qidirmoqda.

“Iltimos, meni to`g`ri tushuning. Taklif qilgan summam katta pul emas. Lekin men gullab-yashnashi lozim bo`lgan ko`chalar o`rniga fayzsiz va kimsasiz ko`chalarni ko`rishni istamayman. Men Xitoy fuqarolari qat`iyat bilan olg`a yurishlarini istayman!”, deb ta`kidlagan Jeki Chan.

Boshqa yangiliklar