Avstraliya sharqiy sohillaridagi kuchli yomg`irlar juda katta tabiiy o`rmon yong`inini o`chirdi, biroq endi hududda suv toshqinlari vujudga kelgan, deb yozmoqda The Washington Post.
Sel Yangi Janubiy Uelsda 74 kun davom etgan, 500 gektarga yaqin maydonni kultepaga aylantirgan va Sidneyga tobora yaqinlashib qolgan olovni to`xtatdi. Yong`inlardan jami 312 ta xonadon talafot ko`rgan.
Sharqiy sohillar qismida bir necha kun ichida oxirgi 50 yil ichida hali kuzatilmagan darajada ko`p miqdordagi yog`ingarchilik kuzatilgan. Hukumat suv toshqinlari oqibatida talafot ko`rganlarni qutqarish bo`yicha oltita qutqaruv operasiyasi o`tkazilganini ma`lum qilgan.
Yangi Janubiy Uelsda 9 fevral, yakshanba kuni, yana yomg`ir yog`ishi, shuningdek, kuchli shamol va selning juda baland to`lqini kelishi kutilmoqda.
Avstraliyaning shimoliy sohillarida 8 fevral, shanba kuni, tropik siklon kuzatilgani oqibatida bir nechta bino talofot ko`rgan, ko`rilgan ziyon darajasi aniqlanmoqda.






