Yangi koronavirus Britaniyaning yana 5 nafar fuqarosida aniqlandi: ular yaqinda Singapurdan qaytgan britaniyalik bilan aloqada bo`lishgan, deya yozdi "kun.uz".
Taxmin qilinishicha, virus tashuvchisiga aylangan erkak o`zida koronavirus topilishidan ikki kun oldin, 28 yanvar kuni Britaniyaga uchib kelgan. U Birlashgan qirollikda ushbu kasallikka chalingan uchinchi odam bo`ldi. Hozir u London kasalxonalaridan birida davolanmoqda.
Fransiya Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, u 24 yanvar kuni Singapurga xizmat safari tugaganidan so`ng, to`rt kun davomida Alp tog`laridagi Le-Kontamin-Monjua tog` kurortida dam olgan, keyin esa Britaniyaga ketgan.
Virus yuqtirib olgan besh nafar ingliz kurortda u bilan bitta shaleda yashagan. Fransuz rasmiylariga ko`ra, ular kasalxonaga yotqizilgan va og`ir ahvolda emas. To`qqiz yoshli bemor bola tashrif buyurgan Fransiyadagi ikki maktab kelasi hafta yopiladi.
Fransuz rasmiylari xuddi shu kurort-uyda yashagan bir necha nafar britaniyalikni kasalxonaga yubordi.
Yana to`rt britaniyalik — bir oila a`zolari — virus tashuvchisi bilan aloqa qilishganidan keyin Mayorka kasalxonasiga yotqizilgan. Hozirda ular tekshirilmoqda.
Hozirgacha butun dunyo bo`ylab virusga chalinish bilan bog`liq 37 mingdan ortiq holat aniqlangan. Ularning aksariyati Xitoyda — 37198 kishi. 8 fevralga kelib u erda 811 o`lim qayd etildi.
Uxandagi virus qurbonlari orasida AQSh fuqarosi ham bor edi. Yana bir Yaponiya fuqarosi koronavirusnikiga o`xshash alomatlardan vafot etdi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma`lumotlariga ko`ra, Xitoydan tashqari 24 mamlakatda 288 kishida koronavirus topilgan. Filippinda bir kishi vafot etdi.
Hongkong o`z hududida qayd etilgan 26ta zararlanish holatidan so`ng mamlakatga Xitoydan keluvchi har bir kishi uchun majburiy ikki haftalik karantin joriy etdi.
Fransiyada, yuqoridagilarni hisobga olgan holda, kasallanganlar soni allaqachon 11 nafarga nafarga etdi.
Britaniyada 686 kishi tekshiruvdan o`tkazildi — ammo faqat uch kishida koronavirus borligi o`z tasdig`ini topdi. Singupurdan kelgan britaniyalikdan tashqari






