REGNUM xabariga asoslanib UzA, AQSh hukumati koronavirus tarqalishi tufayli Xitoy fuqarolariga viza berilishini to`xtatdi. Qo`shma shtatlarning Pekindagi elchixonasi shu haqda ma`lum qilgan.
“10 fevraldan boshlab AQShning Pekindagi elchixonasi, shuningdek, Chendu, Guanchjou, Shanxay va Shenyandagi bosh konsulliklarda viza berish harakatlari to`xtatiladi”, deyiladi ma`lumotda.
Amerika diplomatiyasining aksariyat xodimlari mazkur mamlakatdan evakuasiya qilingan.






