AsosiyDunyo

Koronavirus qanday tarqaladi va undan qanday saqlanish mumkin?

'Koronavirus qanday tarqaladi va undan qanday saqlanish mumkin?'ning rasmi

Koronavirus dekabr oyining boshlarida Xitoyning Uhan shahrida birinchi marta aniqlanganidan beri ko`plab mamlakatlarga tarqalishda davom etmoqda. Hozirgacha dunyo bo`ylab 34,500 dan ortiq odam ushbu epidemiyani yuqtirib oldi. 

Xitoyda kamida 722 kishi, Gonkongda va Filippinda bittadan kishi halok bo`ldi. Xitoydagi o`lim holatlarining deyarli barchasi markazi Uhan shahri bo`lgan Xubey provinsiyasida sodir bo`lgan.

Koronavirus qanday tarqaladi?

2019-nCoV koronavirusi boshqa nafas orqali yuqadigan kasalliklar, masalan gripp kabi odamlar bir-biriga yaqin joyda bo`lganida tarqaladi.

Virus kasallikka chalingan odam aksa urganda yoki yo`talganda undan chiqqan suyuqlik tomchilari boshqa odamlarga to`g`ridan-to`g`ri borib yuqishi yoki infeksiyalangan narsalarga teginish orqali yuqadi. Olimlarning fikriga ko`ra, yo`tal va aksa urilganda tarqalgan virusli tomchilar bir necha metrgacha tarqalishi va havoda 10 daqiqagacha saqlanib qolishi mumkin.

Koronavirus kasallangan organizmdan tashqarida qancha vaqt yashay olishi hali ma`lum emas. Ammo, boshqa viruslar tashqarida bir necha soatdan bir necha oygacha saqlanib turadi.

Koronavirusga chalingan odamda uning alomatlari yuzaga chiqish davri 1 kundan 14 kungacha bo`lishi mumkin. Hali tasdiqlanmagan bo`lsa-da, Xitoy sog`liqni saqlash idoralari virusning simptomlari paydo bo`lishidan oldin xam yuqishi mumkin deb hisoblashadi.

Odamlar koronavirusga qarshi immunitetga ega bo`lishi mumkinmi?

Odatda, tez tarqaladigan viruslarda o`lim darajasi kam bo`lishi ham, ko`p bo`lishi ham mumkin. Koronavirus butunlay yangi hodisa bo`lganligi sababli, odamlarda unga qarshi immunitet yo`q deb hisoblanmoqda. Vaqt o`tishi bilan organizmda tabiiy ravishda immunitet shakllanadi.

Qanday qilib odamlar o`zlarini himoya qila oladilar? Yuz niqoblari foyda beradimi?

O`z-o`zini himoya qilish va virus tarqalishini oldini olishga kelsak, mutaxassislar qo`llaringizni tez-tez va yaxshilab sovun bilan yuvish muhim ekanligini ta`kidlashadi. Yo`talayotganda yoki aksirganda yuzingizni mato yoki tirsagingiz bilan yoping. Virus alomatlarini sezsangiz shifokorga murojaat qiling. Kasallik tarqalgan hududlarda hayvonlar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqa qilmaslik maslahat beriladi.

Yuz niqoblari ommalashgan bo`lsa-da, olimlar ularning havodan yuqadigan viruslarga qarshi samara berishiga shubha qilishadi. Niqoblar qaysidir ma`noda himoyani ta`minlashi mumkin, ammo ular o`tkazuvchan materialdan tayyorlanganligi sababli virusli tomchilar baribir o`tib ketishi mumkin. Ko`pgina mamlakatlar Xitoydan qaytib kelgan odamlarga kamida ikki hafta davomida o`zlarini karantinda saqlshini maslahat berishdi.

Virus tarqalishini to`xtatish uchun nima qilinmoqda va unga qarshi vaksina qachon yaratiladi?

Xitoy, 60 milliondan ortiq odam yashaydigan Uxan va o`ndan ortiq boshqa shaharlarni berkitib qo`ydi. Ammo bu virus Xitoyning barcha provinsiyalariga tarqalishining oldi olinmadi.

Dunyo bo`ylab ko`plab aviakompaniyalar Xitoyga reyslarni to`xtatdi, bir qator davlatlar o`z fuqarolarini Uxan va Xubeydan evakuasiya qilmoqda va Xitoy bilan chegaralarini yopgan hamda Xitoy fuqarolariga o`z hududiga kirishni ta`qiqlagan.

Ushbu epidemiya qanchalik jiddiy?

Yangi koronavirusga jiddiy tashvish sifatida qaralmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni bo`yicha 2002-2003 yillarda paydo bo`lgan SARS virusiga qaraganda ko`proq tarqaldi. Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ushbu kasallik sabab favqulodda holat e`lon qildi. Bundan oldin besh marta-2014 va 2019 yillarda Ebola, 2014 yilda poliomielit, 2016 yilda Zika virusi va 2009 yilda cho`chqa grippi tufayli favqulodda holat e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar