AsosiyJamiyat

Bo`stonliq tumanida “erkatoy” haydovchilarga choralar ko`rilmoqda

'Bo`stonliq tumanida “erkatoy” haydovchilarga choralar ko`rilmoqda'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumaniga keluvchi dam oluvchilarni yo`llarda havfsizliklarini ta`minlash va ushbu hududda yo`l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan qo`shimcha YPX inspektorlari jalb qilinib, mast holda hamda tegishli hujjatlarsiz transport boshqargan haydovchilarga chora ko`rilmoqda.

Bugun 8 fevral kuni Bo`stonliq tumanida YPX inspektori S. Norboev xizmat olib borayotgan vaqtida katta tezlikda harakatlanib kelayotgan “BMW” rusumli transport vositasini to`htatganda, transport vositasi haydovchisi YPX inspektorining qonuniy talablariga bo`ysunmay harakatni davom ettirgan.

Ko`rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu avtoulov to`xtatilib tekshirilganda haydovchining tegishli hujjatlari yo`qligi aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmilashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

Bundan tashqari shu kunning o`zida ushbu inspektor tomonidan Bo`stonliq tumanidan Toshkent shahri tomonga harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtoulov to`htatilganda, ushbu avtoulov ham YPX inspektorining qonuniy talablariga bo`ysunmay harakatlanishni davom ettirgan. Avtoulovni ushlash choralari ko`rilib, avtoulov to`xtatilganda haydovchi mast holda ekanligi ma`lum bo`ldi.

Haydovchi tibbiy ko`rikdan o`tishdan bosh tortganligi sababli unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 136-moddasiga binoan ma`muriy bayonnoma rasmilashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Bo`stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi haydovchilarimizga shuni eslatib o`tamizki. Bo`stonliq tumaning yo`llari Toshkent viloyati IIBB YHXB ning doimiy nazoratida.

    Boshqa yangiliklar