AsosiyDunyo

AQShda ham o`ta xavfli virus tarqaldi

'AQShda ham o`ta xavfli virus tarqaldi'ning rasmi

AQShning Luiziana shtatida ham norovirus deb ataluvchi virusdan zararlanish holati qayd etildi. Xususan kazinoga kelgan 200 ga yaqin kishi norovirusni yuqtirib oldi. Bu haqda xabar berdi.

Hodisa Luiziana shtatining Leyk-Charlz shahrida yuz berdi. O`tgan hafta L'Auberge kazinosida norovirus qayd etilgan edi.

Shtat sog`liqni saqlash bo`limi rahbari Leysi Kavanoning aytishicha, norovirus koronavirusdan ham makkor yuqumli virusdir.

Ta`kidlanishicha, norovirus o`tkir ichak infeksiyasini tashiydi. Shu sabab u oshqozon-ichak grippi deb ham nomlanadi. Hozirda uning kelib chiqishi va tarqalish sabablari aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar