Gidrometeorologiya xizmati boshlangan joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
10-12 fevral kunlari O`zbekiston hududiga O`rta yer dengizi ustida shakllangan nam havo massalari kirishi kutilmoqda. Respublikamizda ob-havo bulutli, hududning katta qismida yomg`ir yog`adi, 10 fevralda respublikaning ayrim joylariga va 11-12 fevralda tog`li tumanlarda ayrim joylarga kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. 13 fevralda faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yog`ingarchilik bo`ladi.
10 va 12 fevralda respublikada yana shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Bugun harorat 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq.
11-13 fevral kunlari havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda, kechasi harorat 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
14 fevralda O`zbekiston bo`yicha bir oz tanaffus bilan ob-havoning yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda. 15 fevralda Kavkaz hududidan kiradigan antisiklon ta`siri natijasida mamlakatimizda yana yomg`ir yog`ishi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. O`zbekiston bo`yicha harorat foni ko`rsatib o`tilgan chegarada saqlanib turadi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin.






