AsosiyJamiyat

Xorazmda dori vositalari bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlari savobli ishga qo`l urdi

'Xorazmda dori vositalari bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlari savobli ishga qo`l urdi'ning rasmi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida faoliyat yurituvchi dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana realizasiyasi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlari rahbarlari tomonidan savobli ishga qo`l urildi. Bu haqda Xorazm viloyati farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish bo`linmasi xabar berdi.               

Mamlakatimizning Xorazm viloyati Gurlan tumanida faoliyat yurituvchi faol tadbirkorlar maktab o`quvchilari uchun xayriya aksiyalari uyushtirdilar. Qish va sovuq havo turli viruslarning ko`payishiga sabab bo`lishini inobatga olib va o`sib kelayotgan avlodni turli shamollash va grippdan himoya qilish maqsadida ularga beg`araz tibbiy yuz niqoblarini tarqatdilar.

Xususan, “Dilmurod Lola Farm” mas`uliyati cheklangan jamiyati 6 –AFChO`IM (Ayrim fanlar chuqur o`rgatiladigan ixtisoslashgan maktab) uchun 600ga yaqin tibbiy yuz niqoblari tarqatgan.

“Nasiba Nodirbek Shifo” mas`uliyati cheklangan jamiyati esa tumandagi 24-son maktabga 500 dan ortiq va 28-son maktabga 300 ta tibbiy yuz niqoblari taqdim etgan.

Shuningdek, “Maxliyo Farm Servis” xususiy korxonasi Gurlan tumanidagi 3–son maktabni 600 ga yaqin, 2-son maktabni 600 ga yaqin va 9-son maktabni 400 ga yaqin tibbiy yuz niqoblari bilan ta`minlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yuz niqoblarning etishmasligi to`g`risidagi gap-so`zlar va turli mish-mishlar avj olayotgan bir pallada tadbirkorlarning bu harakati amaliy javob bo`la oladi.

 

    Boshqa yangiliklar