AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

'Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Mirzohid Botirov haqida bir qator xabarlar tarqaldi. Unda “Yoshlar olami” akkaunti egasining “Feysbuk” ijtimoiy tarmog`idagi suhbatlarning skrinshotlari e`lon qilingan. 

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog`ida “Yoshlar olami” akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti xakerlik hujumiga uchragan  bo`lib, M.Botirov 2020 yilning 8 fevral kuni ushbu holatlardan xabar topgan va shu kunning o`zidayoq viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan skrinshotdagi yozishmalar kim tomonidan olib borilganligiga aniqlik kiritilmoqda. 

Ushbu xabarlar tafsiloti bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi. 

    Boshqa yangiliklar