AsosiyJamiyat

O`zbekistonda gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd so`m va 70,7 mln dollar ajratiladi

'O`zbekistonda gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd so`m va 70,7 mln dollar ajratiladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo`lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O`zbekistonda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, tibbiyot muassasalarining laboratoriyalarini reagentlar bilan ta`minlanganlik darajasi 7,5 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, respublika va hududiy tibbiyot muassasalarining gematologik kasalliklarini davolash uchun zarur bo`lgan dori vositalari bilan ta`minlanganlik darajasi 2020 yilda 6 barobarga va keyingi yillarda bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Dasturga muvofiq gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd so`m va 70,7 mln AQSh dollari ajratiladi.

Qaror bilan Gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab va keyingi besh o`quv yili davomida “Gematologiya va transfuziologiya” mutaxassisligi yo`nalishi bo`yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlar davlat grantlari asosida tayyorlanadi.

    Boshqa yangiliklar