1

Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida yangi markaz ish boshladi

Jamiyat 11.02.2020, 11:01
Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida yangi markaz ish boshladi

2020 yil 10 fevral kuni Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida (TIQXMMI) Britaniya Kengashi ko`magida Kasbiy rivojlantirish markazining ochilish marosimi va ingliz tilida «English as a Medium Instruction — Ingliz tili maxsus maqsadlarda» xalqaro loyihasi doirasida xalqaro seminar bo`lib o`tdi.

Ochilish marosimda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari U.Begimqulov, institut rektori O`.Umurzoqov, Britaniya Kengashi direktori Reychel Aylend, Buyuk Britaniya konsultantlari Rod Bolayto, Norvich til ta`limi institutidan Jeyson Skit va boshqalar ishtirok etdi.

«English as a Medium Instruction — Ingliz tili maxsus maqsadlarda» loyihasi  o`qituvchilarga kasbiy rivojlanishlarida yordam berish va O`zbekiston ta`lim sohasidagi xorijiy tajribalarni joriy qilish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan. 

Zamonaviy o`quv dasturlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribaga asoslangan o`quv materiallarini takomillashtirish, shuningdek, Buyuk Britaniya mutaxassislari bilan maslahat uchrashuvlari, vebinar va seminarlar o`tkazish loyihaning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1