Matematika fanidan Milliy sertifikat berish tizimi strukturasi va mazmuni muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi, deya ma`lu qildi DTM.
Mutaxassislar ishtirokida o`tgan mazkur yig`ilishda amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki natijalari taqdim qilindi. Rivojlangan mamlakatlarning CAT Level 1, CAT Level 2, AST, YeGE va boshqalar tajribalarini o`rganish asosida milliy imtihon strukturasi, test topshiriqlari turlari, tanlov foizi taqsimoti, baholash mezonlari to`g`risidagi ma`lumotlar yig`ilish qatnashchilariga yetkazildi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Prezident Ona tili bo`yicha ham IELTS kabi milliy test sinovi joriy etilishini taklif bergan edi.






