Belarus Transport va aloqa vazirligining Aviasiya bo`yicha departamenti direktori O`zbekiston poytaxtiga muntazam parvozlar yo`lga qo`yilishi haqida ma`lum qildi.
Belarusning Belavia aviakompaniyasi 2020 yilda Toshkentga muntazam reys ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Belarus Transport va aloqa vazirligining Aviasiya bo`yicha departamenti direktori Artyom Sikorskiy STV’dagi «Nedelya» dasturiga bergan intervyusida.
«O`tgan yili Belavia aviakompaniyasining yo`nalishlari 55 marshrutgacha kengaytirildi. Bu yil uchta yo`nalish qo`shiladi: Vena shahriga muntazam reys, Toshkentga muntazam reys va Reus shahridagi (Barselonadan 80 kilometr masofada) muntazam reys», - dedi Sikorskiy.
Belavia aviakompaniyasi 1996 yilda tashkil etilgan. U Belarusda yo`lovchilar tashish bo`yicha etakchi hisoblanadi.
Hozirgi kunda aviakompaniya parkida 30ta samolyot mavjud (ettita Boeing-737-800, oltita Boeing-737-500, beshta Boeing-737-300, to`rtta Embraer-175, oltita Embraer-195, ikkita CRJ-200).