Qo`shni davlatlar (Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston) oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko`plab murojaatlarni inobatga olgan holda, qolaversa, fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati shu yilning 15 martiga qadar uzaytirildi.






