AsosiyJamiyat

Buxoroda 2000 metr chuqurlikda yangi gaz zaxirasi aniqlandi

'Buxoroda 2000 metr chuqurlikda yangi gaz zaxirasi aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qudukda olib borilgan burg`ulash ishlari natijasida 2054-2105 metr chuqurlikda tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi. Bu haqda "O`zbekneftgaz"AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yilga mo`ljallangan “O`zbekneftgaz”AJ bo`yicha uglevodorod va xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturi doirasida Shorqum konida burg`ulash ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan Shorqum koni Andakli, Parsankul va G`arbiy Xodja gaz kondensat konlari yaqinida joylashgan.

Shorqum konining 2-sonli izlov qudug`ida burg`ulash ishlari yura qatlamining neft va gaz istiqbolligini o`rganish maqsadida o`tgan yilning noyabrida boshlangan edi.

Quduqni 2054-2105 metr oralig`ida (XV-1, XV-2 katlamlar) burg`ulash jarayonida sinab ko`rilganda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Loyihaga ko`ra, quduqni 2850 metr chuqurlikgacha burg`ulash va quyi yura qatlamlarning neftgazga mahsuldorligini aniqlash nazarda tutilgan.

Ayni paytda quduqda terrigen yura yotqiziqlarini o`rganish uchun 2850 metrgacha burg`ulash ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar