AsosiyJamiyat

Sirdaryo yo`llarida YTH sodir bo`ladigan hududlarga yangi yo`l belgisi o`rnatildi

'Sirdaryo yo`llarida YTH sodir bo`ladigan hududlarga yangi yo`l belgisi o`rnatildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan 2018-2019 yillarda Sirdaryo viloyati xududida sodir etilgan yo`l transport xodisalari taxlil etilganda Xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bir qator yo`llarning piyodalar o`tish joylari va qayrilib olish joylarida 2 va 3 tadan yo`l transport xodisalari sodir etilganligi aniqlandi. 

Yuqoridagilarni inobatga olib, Sirdaryo viloyati IIB YHXB ning tashabbusi bilan yo`l transport hodisalari sodir etilgan hududlar o`rganib chiqilib, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan og`ir oqibatli yo`l transport hodisalarining oldini olish maqsadida yangi turdagi "Avariya o`chog`i" ogohlantiruvchi yo`l belgisi ishlab chiqilib, o`rnatildi. 

Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati haydovchilardan yo`llarda transport vositasida harakatlangan vaqtda "Yo`l harakati qoidalari" qat`iy amal qilishlarini, "Avariya o`chog`i" yo`l belgisi oldidan o`tgan vaqtda tezlikni imkon qadar kamaytirish va ehtiyot choralarini ko`rishlarini so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar