AsosiyJamiyat

JSST delegasiyasi rahbari O`zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi

'JSST delegasiyasi rahbari O`zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi'ning rasmi

JSST Evropa byurosi mintaqaviy direktori Xans Klyugening mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Ushbu tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaevaning JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Oliy Majlis Senati Axborot xizmatining xabar berishicha, unda sog`liqni saqlashni rivojlantirish O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy ustuvorliklaridan biri ekani alohida qayd etilgan. Jumladan, so`nggi yillarda ushbu yo`nalishda mamlakat salmoqli natijalarga erishdi, bu jahon hamjamiyati tomonidan e`tirof etilmoqda. JSST delegasiyasi rahbari ushbu yutuqlarni tasdiqlab, Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida davlat va jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, sog`liqni saqlash sohasida tarixda misli ko`rilmagan sur`atda islohotlar olib borilayotganini ta`kidladi. O`zbekistonning vaksinasiya sohasidagi yutuqlari, jumladan, deyarli butun aholi emlash bilan qamrab olingani e`tirof etildi.  

Global tahdidlar va xavflar haqida so`z borganda JSST delegasiyasi rahbari O`zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Mamlakatda virus tarqalishining oldini olish bo`yicha salmoqli profilaktik ishlar olib borilgani ta`kidlandi. Bularning barchasi, shubhasiz, aholi salomatligini himoya qilishga O`zbekiston qo`shayotgan munosib va muhim hissa hisoblanadi.

Shu bilan birga, bezgak, polimielit va mamlakat miqyosidagi boshqa kasalliklarga to`liq barham berish borasida O`zbekiston erishgan yutuqlar e`tirof etildi, bu JSSTning tegishli sertifikatlari bilan ham tasdiqlangan.

Hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari haqida so`z borganda, parlament bilan yaqin hamkorlik qilishga urg`u berildi. Bu sog`liqni saqlash sohasida qabul qilingan xalqaro standartlarni qonunchilik darajasida mustahkamlash imkonini beradi.

BMT barqaror rivojlanish maqsadlari masalalari bo`yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan onalik va bolalikni muhofaza qilish, xususan, JSSTning “Xavfsiz onalik” loyihasini birgalikda amalga oshirish, jamiyatda uchraydigan kasalliklar profilaktikasini davom ettirish sohasida hamkorlik qilish kabi ustuvor yo`nalishlar ham muhokama etildi.

JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar