AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda vaziyat qanday?

'Koronavirus: O`zbekistonda vaziyat qanday?'ning rasmi

JSSTning 11 fevralda bergan ma`lumotlariga ko`ra, Xitoyda 42,178 odam virusni yuqtirib olgan va 1017 kishi uning qurboniga aylangan. Xitoydan boshqa 24 ta mamlakatda kasallanganlar soni 319 kishini tashkil etib, koronavirusdan vafot etganlar ikkitani tashkil qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 11 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 42708 nafar, dunyo bo`yicha 43101 nafar fuqarolar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o`sish 6,3 foizni (2548 nafar) tashkil etmoqda. 1017 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etdi. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyodagi 25ta davlatda 393 nafar fuqaroda qayd etildi.

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 10 fevral kuni xorijiy davlatlardan 31ta samolyot qabul qilinib, 3318 nafar fuqarolar, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6ta sanitariya-karantin punktidan 3ta poezdda jami 663 nafar fuqarolar, Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 36414 nafar fuqarolar termometriyadan o`tkazildi.

Eslatib o`tamiz, Yangi koronavirus infeksiyasi bo`yicha rasmiy ma`lumotlarni olish hamda o`zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 11 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mamalakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan, deya ma`lum qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligikoronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi

    Boshqa yangiliklar