AsosiyJamiyat

O`zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

'O`zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi'ning rasmi

11 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.

Farmoyishga ko`ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

bir martalik steril tibbiy qo`lqoplar;

himoya qiluvchi kombinezon;

yuz uchun filtrlovchi niqob;

maxsus tibbiy forma;

tibbiy niqoblar;

tibbiy doka.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari boshchiligida O`zbekiston delegasiyasi yuboriladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va etkazib berilishi uchun mas`ul etib belgilandi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi respublika to`qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar