AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bo`ladigan "Lola va kabob" festivalida ajoyib tuhfa hozirlanmoqda

'Qashqadaryoda bo`ladigan "Lola va kabob" festivalida ajoyib tuhfa hozirlanmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gastromomik Turizmi assosiasiyasi va O`zbekiston Aeronavtika Federasiyasi o`rtasida o`zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, o`zaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida, aprel oyida Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida o`tkaziladigan «Lola va kabob» festivalida 100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari «Lola va kabob» festivalining ochilish marosimida 20 ta havo sharida uchishlari va parvoz davomida shou tarzida tamosha ko`rsatishlari, shuningdek, festival ishtirokchilari havo sharlarida 5 daqiqa davomida bepul parvoz etishlari uchun sharoit yaratilishi kutilmoqda.

O`zaro hamkorlik orqali kelajakda Gastromomik festivallarda havo sharlari uchirilishini yo`lga qo`yish va boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar