AsosiyJamiyat

Nukusda MChJ mansabdorlari ajratilgan erni fuqarolarga uy qurish uchun aldab, sotib yubordi

'Nukusda MChJ mansabdorlari ajratilgan erni fuqarolarga uy qurish uchun aldab, sotib yubordi'ning rasmi

Nukus tumanida erdan noqonuniy  foydalanganlik holati aniqlandi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Prokuratura organlari tomonidan er maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo`yicha nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda.

Jumaladan, Nukus tumani hokimning qarori bilan “D.limon” MChJga issiqxona qurish va limon mahsulotlari etishtirish uchun jami 22,4 gektar er maydoni ajratilgan.

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari tomonidan ajratilgan er maydonida noqonuniy ravishda turar joy imoratlari qurilib, fuqarolarga aldab sotib yuborilganligi aniqlangan.

O`z navbatda, tuman er resurslari va davlat kadastri va qurilish bo`limi mansabdor shaxslariajratilgan ekin er maydonlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilmaganliklari oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan 11.02.2020 yilda Nukus tumani prokuraturasi tomonidan JKning 168 va 208-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar