AsosiyJamiyat

Yo`lda avariya holatini yuzaga keltirgan haydovchi ma`muriy javobgarlikka tortildi

'Yo`lda avariya holatini yuzaga keltirgan haydovchi ma`muriy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Internet tarmog`ida “Mazda” rusumli avtomobil haydovchisi drift qilgani va yo`l qismida avariya holatini yuzaga keltirgani aks ettgan video tarqaldi. Ushbu holatga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi quyidagicha izoh berdi.

"Ma`lum qilamizki, 7-fevral kuni tahminan soat 21.30 da Mirzo-Ulug`bek tumanida O`zbekiston ovozi va Yax`yo G`ulomov ko`chalari kesishmasida “Mazda” rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli Livon Ya. yo`l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun xavf tug`dirgan holda manyovrlar amalga oshira boshlagani aniqlandi.

Livon Ya.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-5-moddasi bo`yicha (“Transport vositalari haydovchilari harakatiga xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yo`lning qarama-qarshi harakatlanishi uchun mo`ljallangan tomoniga yoki bo`lagiga chiqishi”) ma`muriy huquqbuzarlik holati tasdiqlanib, bu haqida bayonnoma tuzildi.

Ichki ishlar Bosh boshqarmasi haydovchilardan yo`llarda avariyaga sabab bo`luvchi holatlarni yuzaga keltirmaslik, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`raydi".  

 

Boshqa yangiliklar