AsosiyJamiyat

Navoiyda sifatsiz dori-darmon sotib olgan iste`molchining pullari undirib berildi

'Navoiyda sifatsiz dori-darmon sotib olgan iste`molchining pullari undirib berildi'ning rasmi

Xatirchi tumani “Oqtepa” MFYda yashovchi fuqaro I.Rustamov O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Navoiy viloyati Xatirchi tuman jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Murojaatda keltirilishicha, fuqaro Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan dorixonalarning biridan 4 160 000 so`mlik dori vositalarini sotib olgan. Ammo dori vositalari sifatsiz chiqqan. Bundan norozi bo`lib, Jamiyat xodimlaridan yordam so`ragan.

Ushbu murojaat yuzasidan Jamiyat xodimlari o`rganish natijasida fuqaro sotib olgan dori vositalari sifatsizligi ma`lum bo`ldi. Ushbu vositalar xarid qilingan 4 160 000 so`m mablag`i iste`molchiga undirib berildi.
 

Boshqa yangiliklar