Joriy yilning 30 yanvar kuni Farg`ona tumani, O`rtaqishloq qishlog`ida yashovchi, 55 yoshli fuqaro S.M. Quvasoy shaharda yashovchi, 66 yoshli fuqaro M.M. hamda 29 yoshli fuqaro Yu.G.larga noqonuniy ravishda shar`iy nikoh o`qiydi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur xolat Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib,tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtiriladi. Ayni jarayonida, fuqaro S.M. unga nisbatan qonuniy chora ko`rmaslik hamda to`plangan hujjatlarni sudga taqdim etmaslik evaziga inspektoriga 1.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi.
Profilaktika inspektorining viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgisi asosida 12 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, viloyati IIB JQB va IJQKD Quvasoy shahar bo`limi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.M, profilaktika inspektorining xizmat xonasida unga 1.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan IJQKD Farg`ona viloyati Quvasoy shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






