AsosiyJamiyat

“Samarqand-Toshkent-Sank-Peterburg” yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi

'“Samarqand-Toshkent-Sank-Peterburg” yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

"Samarqand-Toshkent-Sank-Peterburg" yo`nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yo`nalishda ilk qatnov joriy yilning 25 fevral kunidan boshlanadi. Qatnovlar shu kundan boshlab kun ora amalga oshiriladi. Yo`nalishda O`zbekiston tomonidan "Uzautotrans service" MChJ va Rossiyaning "TTK GLOBUS" MChJ yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.

Qatnov Samarqand avtovokzalidan soat 09:00 boshlanadi va “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 jo`naydi. Qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yo`lovchilar Sank-Peterburg markaziy avtovokzaliga elitib qo`yiladi.

Mazkur yo`nalish bo`ylab chipta narxi Samarqanddan 840 000 so`m Toshkentdan esa 800 000 so`mni tashkil etadi.

Shuningdek, joriy yilning 15 fevral kunidan e`tiboran Toshkent-Omsk yo`nalishida ham muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`yiladi. Mazkur yo`nalish bo`yicha chipta narxi 450 000 so`m etib belgilangan.  

Eslatib o`tamiz, bugungi kunda Rossiya Federasiyasiga Toshkent- Nijniy Novgorod, Toshkent-Qozon, Toshkent- Moskva yo`nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari ham amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda transport vazirligi Rossiya Federasiyasining boshqa shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlarini yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda.

Shu o`rinda safarga chiqayotgan yo`lovchilardan belgilangan manziliga etib olishda faqatgina qonuniy asosda faoliyat yuritayotgan va kafolatlangan xavfsiz xizmat ko`rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanishni tavsiya etiladi.

Shaharlararo va xalqaro yo`nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari va chipta narxlari bo`yicha to`liq ma`lumotlarni “Toshkent” avtovokzalining (71) 207-87-00 telefon raqamlari orqali olishmumkin.

 

    Boshqa yangiliklar