O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Ona tili va adabiyoti fanidan bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish bo`yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan 2020 yil 21 fevral kuni Davlat test markazining binosida O`zbek tili va adabiyoti fanidan aprobasiya test sinovi o`tkazilishi rejalashtirildi. Test sinoviga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ta`lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Ro`yxatga olish 20 fevral soat 12-00 gacha davom etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida Ona tili bo`yicha milliy test sinovi joriy etilishini taklif qilgan edi.






