AsosiyJamiyat

Ahmadboyga qaysi san`atkorlar pul bergan? Suddan eksklyuziv intervyu (video)

'Ahmadboyga qaysi san`atkorlar pul bergan? Suddan eksklyuziv intervyu (video)'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, kecha O`zbekistonda eng uzoq davom etgan, ko`lami keng bo`lgan “Ahmadboy ishi”ga nihoyat, nuqta qo`yildi. Bo`lib o`tgan so`ngi sud jarayonida bir qator savollarga javoblar olindi va muhokamadagi masalalarga oydinlik kiritildi. Xususan, moliyaviy piramida asoschisi Ahmad Tursunboev bilan jurnalistlarning bo`lib o`tgan erkin intervyusida eng ko`p shov-shuv bo`lgan — Ahmadboyga pul bergan san`atkorlar haqidagi masalaga oydinlik kiritildi. 

Ahmadboyning aytishicha, 10 yil olib borgan ushbu faoliyati davomida unga birorta san`atkor shaxsan xech qanday pul bermagan. Agar oraga kimlardir aralashgan bo`lsa, u bundan bexabar. O`g`lining sunnat to`yiga tashrif buyurgan san`atkorlar haqidagi xabarlarga esa u qo`shiqchilarning to`yonaga kelganini ma`lum qilgan. 

Quyida esa shu va boshqa qator masalalarga oydinlik kiritgan Ahmadboy bilan bo`lgan eksklyuziv intervyuni kurishingiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar