2020 yil 7-fevral kuni taxminan soat 6.20 da Mirzo-Ulug`bek tumanida Kichik Xalqa avtomobil yo`lidagi “Salar” temiryo`l bekati yaqinidagi tartibga solinmagan temir yo`lni kesib o`tiladigan joyda yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Keltirilishicha, “Matiz” avtomobili (davlat raqami 01 H 006961) haydovchisi 66 yoshli Aleksandr A. Oxunboboev-Chuqursoy yo`nalishi bo`ylab harakatlangan mashinist Baxrom R. boshqaruvidagi 3471-sonli poezdning 2458-sonli elektrovoz bilan to`qnashgan.
Aniqlanishicha, YTH sababi: “Matiz” avtomobili haydovchisi yaqinlashayotgan poezd yo`qligiga ishonch hosil qilmasdan va uni o`tkazib yubormasdan temir yo`lni kesib o`tiladigan joyga chiqqan.






