AsosiyJamiyat

Prezident qarori bilan “Oroldagi bog`im” loyihasi amalga oshiriladi

'Prezident qarori bilan “Oroldagi bog`im” loyihasi amalga oshiriladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko`paytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog`im”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi.

Xalqaro innovasiya markazining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ko`rgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog`iston hududidagi zaxira er maydonlari, Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan hamda Orolbo`yi hududidagi o`rmon fondi erlaridan er maydonlari ajratiladi.

Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovasiya markazi hududigacha bo`lgan yo`nalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etiladi.

Ma`lumot uchun, Xalqaro innovasiya markazi tomonidan “Mo`ynoq” va “Samanbay” tajriba-sinov maydonlari tashkil etilgan, shuningdek sho`rlanish va qurg`oqchilikka chidamli cho`l va manzarali o`simliklar genofondi shakllantirilib, 13 turdagi o`simlik dunyosi ob`ektlari sinovdan o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar