“Geodeziya va kartografiya faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) loyihasi 12 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o`qishda konseptual jihatdan qabul qilindi. Bu haqda darakchi.uz saytiga O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi Ne`mat Atamuratov xabar qildi...
Qonun loyihasi palataning Agrar va suv xo`jalagi masalalari qo`mitasi raisi Ravshan Mamutov tomonidan o`qib eshittirildi.
- Qonun loyihasi qabul qilinishi Respublikaning iqtisodiyot tarmoqlari uchun geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratilishi;
- Geodeziya va kartografiya faoliyatining mohiyatini, xususan, sun`iy yo`ldosh tizimlaridan foydalanishda hamda sohaga raqamli texnologiyalar hamda axborot-kommunikasiya tizimlarini joriy etish orqali yangi bosqichga olib chiqishi;
- Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda materiallar va ma`lumotlarning to`liqliligi va ishonchliligi ta`minlanishi hamda foydalanuvchilarga ma`lumotlar etkazilshi soddalashtirilishi;
- shuningdek, Qonun loyihasida xavolaki bandlar chiqarilishi orqali tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug`ullanishi qulay sharoit yaratilishi haqida haqida ta`kidlab o`tildi.
Deputatlar tomonidan berilgan qator muzokaralar va takliflardan so`ng, Qonun loyihasi birinchi o`qishda ma`qullandi.