AsosiyJamiyat

Angren shahar "Said ota" mahallasidagi Fyodor Poletaevning monumenti qayta tiklanadi

'Angren shahar "Said ota" mahallasidagi Fyodor Poletaevning monumenti qayta tiklanadi'ning rasmi

Joriy yilda nishonlanadigan Ikkinchi jahon urushi g`alabasining 75 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi, shu jumladan, Angren shahridagi urush qatnashchilari xotirasiga o`rnatilgan haykallar, monumentlar holati o`rganilib, restavrasiya qilish va atrofini obodonlashtirishga alohida e`tibor qaratilgan.  Bu haqda Toshkent viloyati Angren shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Xususan, Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiya qarshilik harakatining faol a`zosi, Sovet Ittifoqi hamda Italiya milliy Qahramoni Fyodor Poletaev xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent viloyati Angren shahar "Said Ota" mahallasida 1972 yilda monument o`rnatilgan. 2014 yilga kelib eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan ushbu monumentni qayta ta`mirlash va yon-atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.  

Hozirgi kunda ushbu Xotira maydoniga yangicha tus berish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan respublikaning mahoratli haykaltaroshi va mazkur soha mutaxassislari jalb qilindi. Xususan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti kafedra mudiri Xujaniyozov Rashid, haykaltarosh Raxmatov Rufat tomonidan ayni vaqtda Fyodor Andrianovich Poletaev byusti tayyorlanmoqda.  

Shu munosabat bilan 2020 yilning 5 mart kuniga qadar "Said Ota" mahallasida Fyodor Poletaev monumentini tantanali ochilish marosimi o`tkazilishini ma`lum qilindi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar