Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi O.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi o`rnatilgan tartibda to`xtatilib ko`zdan kechirildi. Haydovchi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz harakatlanganligi, avtomashinada chigitlanmagan paxta xom-ashyosini olib ketayotganligi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
IIB YHXB boshlig`i A.Tovboev tomonidan haydovchi O.B.ga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi O.B. tuman IIB YHXB boshlig`i A.Tovbaevga paxta xom-ashyosini o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirmaslik va transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 500 ming so`m pullarni pora tariqasida taklif etgan. Xodimning bildirgisiga ko`ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi O.B. tuman YHXB boshlig`i O.Tovboevga 500 ming so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda qo`lga olingan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati Mirzacho`l tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






