AsosiyJamiyat

Yangiyo`l bozori oldida 25 yoshli yigit 45 yoshli fuqaroni pichoqladi

'Yangiyo`l bozori oldida 25 yoshli yigit 45 yoshli fuqaroni pichoqladi'ning rasmi

2020 yil 10 fevral kuni soat taxminkn 17:45 da noma`lum shaxs Yangiyo`l shahar Navro`z mahallasida joylashgan “Yangiyo`l dehqon bozori” oldida mast holatda bo`lgan fuqaro 45 yoshli R.J., bilan o`zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib, tortishuv vaqtida R.J.,ning tanasiga bir marotaba o`tkir tig`li jism bilan tan jarohati etkazgan va "Matiz” rusumli avtomashinada hodisa joyidan yashiringan. Natijada R.J. olgan tan jarohatlari bilan Yangiyo`l tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 25 yoshli D.A. sodir etganligi aniqlangan va undan “Matiz” rusumli avtomashinaning 2 dona kalitlari olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan D.A.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi -qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. D.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya ma`lum qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti. 

    Boshqa yangiliklar