AsosiyJamiyat

Farg`onada qarama-qarshi yo`lga chiqqan “Neksiya” sabab, aybsiz “Spark” haydovchisi halok bo`ldi

'Farg`onada qarama-qarshi yo`lga chiqqan “Neksiya” sabab, aybsiz “Spark” haydovchisi halok bo`ldi'ning rasmi

Qoidabuzar haydovchi yana bir nafar fuqaroning umri bevaqt so`nishiga sababchi bo`ldi, deya xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Joriy yilning 13 fevral kuni soat 14-20 larda 4R-109 Farg`ona xalqa yo`lining 112 kilometrida Ulug`nor tumanida yashovchi I.O. “Neksiya” rusumli transport vositasida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib harakatlanishi natijasida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Oltinko`l tumanida yashagan L.S. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi L.S. ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay tan  jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo`lovchisi Oltinko`l tumanida yashovchi S.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar