AsosiyJamiyat

Andijonda tezlikni oshirish oqibatida yuz bergan YTHda 2 kishi halok bo`ldi

'Andijonda tezlikni oshirish oqibatida yuz bergan YTHda 2 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 13 fevral kuni soat 21:00 larda Andijon viloyati Andijon tumani hududida Asaka tumanida yashovchi X.M. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini me`yoridan oshirib boshqarishi oqibatida, shu yo`nalishda yo`lning o`ng chetida to`xtab turgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilib, to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomashina yo`lovchilari I.J. va N.P.lar tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi X.M. va yo`lovchisi M.B.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hurmatli harakat ishtirokchilari yo`llarda harakatlanganda belgilangan tezlik talablariga qaiy rioya eting. Tezlikni me`yoridan oshirib o`zingiz va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostida qoldirmang. Unutmang! sizni uyda farzandlaringiz, ota-onangiz, yaqinlaringiz kutadi. Har doim yo`l harakati qoidalariga rioya qiling.

    Boshqa yangiliklar