Departamentning Romitan tuman bo`limi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqaro A.N.ning arizasi yuzasidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi.
Romitan tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz 43 yoshli S.B fuqaro A.N.ni aldab, ishonchini suiiste`mol qilib, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni harbiy qismning qo`riqlash xizmatiga ishga kiritish evaziga 1.300 AQSh dollari miqdorida pora berishni aytgan. 5 fevral kuni taxminan soat 11:30 larda Buxoro shahri hududida kimyoviy ishlov berilgan 1.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






