AsosiyJamiyat

G`uzorda to`rt o`g`li bo`lgan oila yana 3 nafar egizakli bo`ldi. Ularga mashina kerak emas, faqat chaqaloqlardan biri yordamga muhtoj

'G`uzorda to`rt o`g`li bo`lgan oila yana 3 nafar egizakli bo`ldi. Ularga mashina kerak emas, faqat chaqaloqlardan biri yordamga muhtoj'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani, Sho`rtan qo`rg`onida yashovchi Muhammad Kanagatov va N.Azizova oilasida 4 nafar o`g`il farzanddan keyin 2020 yil 6 fevral kuni yana 3 nafar egizak tug`ildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga serfarzand otaning o`zi ma`lum qildi. 

“Egizaklarning 2 nafari o`g`il, biri esa qiz. Hozirda chaqaloqlardan birining ahvoli yaxshi emas, ular Respublika Perenatal Markazida davolanishmoqda”, — deydi Muhammad aka.

Ma`lum qilinishicha, bu oila Sho`rtan gaz kimyo majmuasida oddiygina ishchilar bo`lib ishlashadi. Shu sabab 7 nafar farzandning ota-onasi ayni paytda egizaklarga, xususan, davolanishda bo`lib turgan egizaklardan biriga qarashga biroz qiynalishmoqda. 

Oila Qashqadaryo viloyati hokimligi, G`uzor tumani hokimligidan Respublikada egizak farzand ko`rgan boshqa oilalar kabi mashina hadyasini kutishmayapti. Hozirda ularga hayot bilan kurashayotgan bolajonlarining sog`ligi juda muhim. 

Biz ham viloyat mutasaddilarini ushbu oilaga yordam berishga chaqirib qolamiz.

    Boshqa yangiliklar