Xitoy hukumati sa`y-harakati bilan koronavirusning dunyo bo`ylab tarqalishiga yo`l qo`yilmadi. Xitoydan tashqarida virusga chalinganlar bir foizdan ham oshmaydi, deya bayonot berdi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Germaniyaga tashrifi chog`ida.
– Virusning o`chog`i bo`lgan Xubey viloyatida mana qatorasiga o`n kundir-ki, kasallikka chalinish holatlari pasayib, sog`ayib borayotganlar soni ortmoqda, – qo`shimcha qildi vazir.
“Statistik ma`lumotlar va qayd qilingan faktlar shundan dalolat bermoqda-ki, ushbu epidemiyani nazorat qilsa bo`ladi, xastalikni esa davolash mumkin”, — deya ta`kidladi Van I. Uning fikricha, virusga qarshi dori ishlab chiqilgunga qadar, mamlakatda ofat to`liq bartaraf qilinadi.
14.02.2020 14:21
Xitoy tashqi ishlar vaziri koronavirusni nazorat qilsa bo`lishini aytdi
