AsosiyJamiyat

Saudiya Arabiston kompaniyasi Sirdaryoda IES qurilishini boshladi

'Saudiya Arabiston kompaniyasi Sirdaryoda IES qurilishini boshladi'ning rasmi

«ACWA Power» (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurish investisiya dasturi doirasida O`zbekistondagi amaliy ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi.

Jumladan, kompaniya qurilishni boshlashga kirishishdan avval tuproqni o`rganish ishlarini boshlandi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug`-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo`ladi.

Loyihaga ko`ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo`ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo`lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug`-gaz qurilmasi o`rnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko`p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo`gan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo`lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.

Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi to`g`ridan-to`g`ri xususiy investisiyalar hisobidan to`liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.

Qayd etish kerak, mazkur investisiya loyihasi muhokamasi O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yilning 7 fevralida Saudiya Arabistoni Energetika vaziri o`rinbosari Abid bin Abdulla as-Sa`dun boshchiligidagi delegasiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegasiya tarkibidan «ACWA Power» kompaniyasi Boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar