Ijtimoiy tarmoqlarda “Firuza Shodieva” nomidan tarqatilgan “Bolamni urgan mushtumzo`rlarga nega jazo berilmadi IIB soxta hujjat bilan sudga olib bordi, ular jabrlanuvchi ekan men xaqiqat so`rasam bolangni nogironlik pensiyasidan to`laysan deb jarima qilishdi, aybim pojarniy chaqirganimmi? Gaz balon portlasa nima bo`lardi? Bolalar maydonchasi o`rnida noqonuniy dom qurayotganlarga chora ko`rish urniga bizga tahdid qilmoqda, o`ldirib yo`q qilib yuboraman deb. Firibgarlarga chora ko`riladimi, o`zi” sarlavhasi ostida chiqqan murojaat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.
2019 yilning 17 dekabr kuni soat 15:00 larda Avazmurodov Ulug`bek Dilmuradovich Qarshi shahar 4-mitti tumani 12-uyni oldida joylashgan qurilish ishlarti olib borilayotgan joyda Kuchimova Firuza Elmurodovna bilan o`zaro janjallashib qolib, uni sha`ni va qadr-qimmatini qasddan kamsituvchi so`zlar bilan haqorat qilib, F.Kuchimova bilan tortishish natijasida F.Kuchimova va voyaga etmagan o`g`li Mamadaliev Kamronbekka tan jaroxati etkazgan.
Surishtiruv harakatlari mobaynida fuqaro U.Avazamurodov va F.Kuchimovalarni harakatlarida O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalarida ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari bo`lganligi sababli 2020 yil 17 yanvar kuni Ma`muriy ishlar bo`yicha Qarshi shahar sudi tomonidan fuqaro Avazmurodov Ulug`bek Dilmuradovich O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41,52-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi sababli O`zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan-kesil bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida 446.000 (to`rt yuz qirq olti ming) so`m jarima jazosi va Kuchimova Firuza Elmurodovna O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41,183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi sababli O`zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan-kesil bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida 223.000 (ikki yuz yigirma uch ming) so`m jarima jazosi tayinlangan.






