O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o`zgarishi, ayrim hududlarda qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi, qalin tuman tushishidan haydovchilarni ogohlantirdi.
Shu sababli avtomobil yo`llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olgan holda haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida ayniqsa dovon yo`llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini so`radi.
Shuningdek texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo`lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`raydi.






