AsosiyJamiyat

Ravon Nexia R3 Qozog`istonda eng xaridorgir avtomobilga aylandi

'Ravon Nexia R3 Qozog`istonda eng xaridorgir avtomobilga aylandi'ning rasmi

Qozog`istonda eng ko`p sotiladigan engil avtomobillar top-10 ro`yxatida Ravon Nexia R3 etakchilik qildi.

Yanvar oyida qo`shni mamlakatda 449 ta ushbu rusumli avtomobil sotildi. Yangi yilning yanvarida Qozog`iston avtomobil bozori o`tgan yil shu davridagiga nisbatan sotuvlarning 20 foizga o`sishi bilan esda qoldi.

Qayd etish o`rinliki, Ravon brendi ostidagi avtomobillar sotuvi 2019 yil mart oyida qayta tiklandi. O`tgan yilda Qozog`istonda 3536 dona Ravon Nexia R3 avtomobili sotildi. Bunda, 2019 yil sentyabrda Nexia mamlakatdagi eng ko`p sotiladigan avtomobillar uchtaligiga kirgandi, yangi yilda esa, eng xaridorgir avtomobillar ichida birinchi o`rinni egallab, sotuvlar bo`yicha etakchilik qildi. 

 

    Boshqa yangiliklar