AsosiyJamiyat

Samarqandda “Targ`ibot avtokarvoni” tashkil etildi

'Samarqandda “Targ`ibot avtokarvoni” tashkil etildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida og`ir oqibatli va insonlar o`limi bilan bog`liq bo`lgan yo`l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olishmaqsadida tuman hududida 2020 yil 15 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar “Harakat xavfsizligi o`n besh kunligi” tadbiri o`tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan 2020 yil 15 fevral kuni Jomboy tumanida o`quv seminari tashkil etilib, tuman markaziy va ichki yo`llarida yo`l-transport hodisalarini og`ir oqibatlarini aks ettiruvchi har bir fuqaroni ogohlik va xushyorlikka chaqiruvchi “Targ`ibot avtokarvoni” tashkil etildi.

Viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Jomboy tumani tashkilotlari va muassasalar mas`ullari, mahallalar vakillari hamda o`quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilarga bugungi kunda harakat xavfsizligini ta`minlash, yo`l-transport hodisalarini oldini olishda mobil-targ`ibot avtomashinasi hamda boshqa ko`rgazmali vositalar namoyish etildi.

 

    Boshqa yangiliklar