Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan Buxoro shahridagi 16-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`quvchilarni kino va teatr tomoshalariga jalb qilinishi to`g`risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar o`rganib chiqildi.
Maktab rahbariyatining tushuntirishicha, o`quvchilarni tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan kino va teatr tomoshalariga jalb qilish orqali ularning dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida ushbu tadbirlar o`quvchilar uchun ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan.
Mazkur holat yuzasidan maktab raxbariyati qat`iy ogohlantirildi. Bu haqda Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Darsdan bo`sh vaqtlarda ota-onalar bilan hamkorlikda, qolaversa ularning roziligi asosida ushbu yunalishdagi tadbirlarni tashkil etish lozimligi bo`yicha tavsiyalar berildi.






