AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 112 nafar Xitoydan qaytgan fuqarolarda 14 kun tibbiy kuzatuv vaqti tugadi va ular sog`lom deb topildi

'Qashqadaryoda 112 nafar Xitoydan qaytgan fuqarolarda 14 kun tibbiy kuzatuv vaqti tugadi va ular sog`lom deb topildi'ning rasmi

Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasida viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yuqumli kasalliklar profilaktikasi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Anjumanda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Doniyor Tursunov, boshqarma boshlig`ining o`rinbosari Sherali Nurmatov,  viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi boshlig`i Sobir Murodov, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Hamza Ernazarov tomonidan jurnalist va blogerlarni yuqoridagi mavzu doirasida qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Anjumanda qayd etilganidek, vohamizda qizamiq kasalligiga qarshi o`tkazilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar yanada takomillashtirilmoqda. 

Xususan, boshqarma, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida ma`lumotlarni olish, tahlil qilish, zudlik bilan chora-tadbirlarbelgilash bo`yicha shtablar tashkil etilib, ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yildi. Mazkur shtab mutasaddilari tomonidan kasallik haqidagi kunlik ma`lumotlar olinib, tahlil qilinmoqda. Ayni paytda 6 oylikdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarni epidko`rsatma bo`yicha emlash choralari ko`rilmoqda va bu maqsadda 240 000 doza vaksina keltirilgan.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida tashkil etilgan koronavirusning oldini olish bo`yicha shtab ma`lumotlariga ko`ra mazkur infeksiyaga gumon qilinganlarga tez va sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish uchun shoshilinch tibbiy xizmat ko`rsatish bo`yicha shifokor reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va virusologlardan  iborat 3 ta tezkor guruh tuzilgan bo`lib, ishchi guruhlarning kechayu-kunduz ishlashi ta`minlangan. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan 2020 yil yanvardan 12 fevralgacha Xitoy Xalq Respublikasida bo`lib qaytgan 189 nafar qashqadaryolik  fuqaro ro`yxatga olindi. Shulardan 1 nafarining manzili aniqlanmoqda. 27 nafari Toshkent shahrida va 1 nafari Farg`ona viloyati Qo`qon  shahrida yashayotganligi  aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olindi. 112 nafarida 14 kun tibbiy kuzatuv vaqti tugadi va ular sog`lom deb topildi, qolgan  48 nafar  fuqaro ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Har bir yo`lovchiga kelgan kunidan boshlab 14 kun davomida tibbiy kuzatuvga olingan, tana haroratini bir kunda ikki marta o`lchab turilmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizda va Nishon tumani Talimarjon sanitariya nazorat punkti masofaviy termometr(4 ta pirometr),  70 ta tibbiyot termometri  va  “Qarshi” xalqaro aeroporti teplovizor, 4 ta pirometr, 100 ta tibbiyot termometribilan ta`minlangan. 2020 yil yanvar oyida Nishon tuman Talimarjon  SNPdan1000 kishi  (shundan  xorijiydavlatdan  945 nafar kishi) va 2020 yil 1 fevraldan 11 fevral kuniga qadar 73 kishi (shundan 72 nafari  xorijfuqarosi) tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, bemorlar aniqlanmadi.

Qarshi tumanidagi Xitoy qo`shma korxonasida jami 688 ishchi ishlaydi, 46 nafari xitoylik. Oxirgi xitoylik korxonaga 2020 yil 23 yanvar kuni kelgan. Hozirda sog`lom, 14 kunlik kuzatuv tugagan. 

G`uzor va Nishon tumani hududidagi Enter Engineering qo`shma korxonacida 9500 nafar ishchi faoliyat olib boradi, shundan 898 nafari xitoylik. Oxirgi xitoylik ishchi korxonaga 2019 yil 16 noyabr kuni kelgan. Hozirgi kunda ishchilar tibbiy nazoratga olingan, barchasi sog`lom. Korxonaga hukumat topshirig`iga asosan Xitoydan ishchi-xodim kiritish va uskunalar olib kelishga cheklov qo`yilgan. 

Qashqadaryo viloyat hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig`i Z.Mirzaevning buyrug`iga asosan 2020 yil 12 fevral kuni Nishon tumanidagi “Qarshi-Kerkichi” chegara bojxona postida va Nishon tuman tibbiyot birlashmasida “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalashining oldini olishda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi rahbar organlari kuch vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko`rgazmali maxsus-taktik o`quv mashqi uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar