"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga IMEI kodlarni ro`yxatga olishda to`lov undirishni bekor qilish bo`yicha petisiya qo`yildi. Va ushbu petisiya 3 soat ichida 10 mingdan ortiq ovoz yig`di. Hali ovoz to`plash uchun belgilangan muddat bor.
Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining telegram kanalida shunday izoh qoldirdi.
Mutasaddi-kottakonlar, ko`ryapsizmi, xalq irodasi mana shu bo`ladi. Xalq o`z fikrini qonun yo`li bilan bildirdi. Hech kimni urmadi, hech qanaqa janjal qilmadi. Shunchaki amaldagi qonunlar orqali demokratik yo`l bilan Sizlarga o`z xohish-irodasini bildirdi.
Endi qaror qabul qilish navbati Sizniki. Agar Sizga jamoatchilik fikri qiziq bo`lsa, unda to`lovlarni bekor qilasiz. Agar Sizga jamoatchilik fikri mutlaqo qiziq bo`lmasa, unda bilganingizni qilaverasiz. Balki to`lovlarni yanada qimmat qilarsiz, kim bilsin...






