2020 yil 16 fevral kuni O`zbekiston tumani “Tovar” qishlog`ida yashovchi 30 yoshli Z.Z. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan Qo`qon-Yaypan avtomobil yo`li bo`ylab Qulibek qishlog`i hududida boshqarib ketayotganida, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida Dashthasan qishlog`ida yashovchi 27 yoshli fuqaro A.S.,ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib ketib, yo`l transport xodisasi sodir etgan. Natijada fuqaro Z.Z., tan jarohati olib, tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va shu kuni ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Z.Z.,ga nisbatan O`zbekiston tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.






